Futbol yulduzlari Neymar va Messi Venesueladagi kuchli zilziladan jabrlanganlarga yordam berdi

Braziliyalik futbolchi Neymar Venesueladagi ikki kuchli zilziladan jabrlanganlarga yordam berish uchun 250 ming dollar xayriya qildi. Mablag‘ oziq-ovqat, ichimlik suvi, dori-darmon va vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi. Lionel Messining rafiqasi Antonela Rokkutsso xalqaro xayriya tashabbusini targ‘ib qilib, kuzatuvchilarini yordam jamg‘armasiga mablag‘ o‘tkazishga chaqirdi.
Braziliyalik futbolchi Neymar Venesueladagi ikki kuchli zilziladan jabrlanganlarga yordam berish uchun 250 ming dollar xayriya qildi. Mablag‘ oziq-ovqat, ichimlik suvi, dori-darmon va vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash ishlariga yo‘naltirilishi aytilgan. Futbolchi ijtimoiy tarmoqda Venesuela xalqi bilan birga ekanini bildirdi.
Lionel Messining rafiqasi Antonela Rokkutsso ham jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro xayriya tashabbusini targ‘ib qildi. U kuzatuvchilarini yordam jamg‘armasiga mablag‘ o‘tkazishga chaqirdi.
Kampaniya orqali to‘plangan mablag‘ iyun oxirida 5 million dollardan oshgan. Bu pul Messi oilasining shaxsiy xayriyasi emas, balki ko‘plab insonlar bergan umumiy mablag‘ hisoblanadi.































Izohlar 0
…