Inter Benjamen Pavardni Al-Ittihod klubiga taklif qildi

Inter Benjamen Pavardni Saudiya Arabistonining Al-Ittihad klubiga taklif qildi. Klub maoshlar fondini qisqartirish, tarkibda yangi futbolchilar uchun joy ochish va Tottenxem himoyachisi Kristian Romero bilan dastlabki kelishuvdan so'ng Pavard bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. 2018 yilgi Jahon chempioni bosh murabbiy Kristian Kivuning kelajakdagi taktik rejalariga kirmaydi, biroq u Benfika va Galatasaroy klublarining takliflarini rad etgan.
Milanning Inter klubi joriy yozgi transferlar mavsumida oʻz tarkibini tubdan yangilash va moliyaviy resurslarni optimallashtirish maqsadida oʻz yetakchilaridan biri Benjamen Pavard bilan xayrlashishga qaror qildi. Fabrizio Romano maʼlumotiga koʻra, neradzurrilar fransuz futbolchisini Saudiya Arabistonining Al-Ittihad jamoasiga taklif qilgan va bu qadam klub uchun ham iqtisodiy, ham sport jihatidan muhim zaruratga aylangan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Maʼlum boʻlishicha, 2018 yilgi Jahon chempioni endi bosh murabbiy Kristian Kivuning kelajakdagi taktik rejalariga kirmaydi. Inter rahbariyati maoshlar fondini boʻshatish hamda tarkibda yangi nomlar uchun joy ochish harakatida. Xususan, klub Tottenxem himoyachisi Kristian Romero bilan dastlabki kelishuvga erishgani Benjamen Pavardning ketishini muqarrar qilib qoʻydi.
Saudiya klublarining moliyaviy imkoniyatlariga tayanilmoqda
Italiya matbuotining xabar berishicha, milanliklar ushbu transfer tezroq amalga oshishini va kerakli mablagʻni jalb qilishni istamoqda. Shu sababli ular Saudiya Arabistoni klublarining moliyaviy qudratiga tayangan holda muzokaralarni faollashtirgan. Biroq futbolchining oʻzi kelajagi borasida shoshqaloqlikka yoʻl qoʻymayapti.Tuttosport nashrining yozishicha, Benjamen Pavard klubning yangi texnik yoʻnalishida oʻziga kelajak koʻrmayotgan boʻlsa-da, unga kelib tushgan bir qator takliflarni rad etgan. Fransiyalik himoyachiga Portugaliyaning Benfika va Turkiyaning Galatasaroy klublaridan rasmiy takliflar kelganiga qaramay, u bu variantlarni qanoatlantirmagan deb topgan.
Al-Ittihod ichki muammolar va transfer bosimi girdobida
Ayni paytda Al-Ittihad klubi ham transfer bozorida murakkab vaziyatni boshdan kechirmoqda. Jamoa oʻz himoya chizigʻini jahon darajasidagi futbolchilar bilan kuchaytirishni maqsad qilgan boʻlsa-da, tarkibdagi baʼzi yulduzlarning ketish istagi ichki inqirozlarni keltirib chiqargan. Matbuot xabarlariga koʻra, jamoa yetakchilaridan biri Mussa Diabi klubni tark etishni rejalashtirmoqda va bu holat rahbariyatga qoʻshimcha bosim oʻtkazmoqda.Inter esa bu vaziyatdan foydalanib qolishga urinmoqda. Klub rahbariyati Pavardning transferi orqali nafaqat transfer oynasidagi rejalarni amalga oshiradi, balki yangi futbolchilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun sharoit yaratadi. Fransuz futbolchisining Yevropaning nufuzli klublaridan ham qiziqishlar borligiga qaramay, uning keyingi manzili hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.






























Izohlar 0
…