Lionel Messi Inter Miami safida fantastik qaytishni amalga oshirdi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jahon chempionatidan qaytganidan keyingi ilk asosiy tarkibdagi o'yinida ikkita gol urib, bitta golli uzatma berdi va Inter Miami'ning Atletiko San Luis ustidan 4:2 hisobidagi g'alabasini ta'minladi. Uning ikkinchi goli Messi hisobidagi gollar sonini 14 taga yetkazib, uni Leagues Cup tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylantirdi va LAFC hujumchisi Denis Bouangani ortda qoldirdi.
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jahon chempionatidan qaytganidan keyingi ilk asosiy tarkibdagi oʻyinidayoq oʻzining yorqin mahoratini namoyish etdi. Leagues Cup doirasida boʻlib oʻtgan Atletiko San Luis jamoasiga qarshi bahsda hujumchi ikkita gol urib, bitta golli uzatmaga mualliflik qildi va jamoasining 4:2 hisobidagi gʻalabasiga ulkan hissa qoʻshdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Goal.com nashri xabar berishicha, uchrashuv mehmonlar uchun omadli boshlanib, David Rodriges tezkor gol evaziga Atletiko San Luisni oldinga olib chiqqan edi. Biroq maydon egalari tezda oʻziga keldi va Lionel Messi Noa Allenning uzatmasini ajoyib tarzda toʻgʻridan-toʻgʻri darvozaga yoʻllab, muvozanatni tikladi. Shundan soʻng Telasco Segovia Mayami klubini oldinga olib chiqqan boʻlsa, tanaffusga qadar Messi yana bir bor oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi.
Pikasso sanʼatiga tenglashtirilgan zarba
Lekin uchrashuvning eng esda qolarli lahzasi Lionel Messining birinchi goli boʻldi. Inter Miami bosh murabbiy Guillermo Hoyos argentinalik yulduzning texnikasiga qoyil qolganini yashirib oʻtirmadi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday murakkab vaziyatda toʻpni havodan toza tarzda ushlab qolish va uni kuchli zarba bilan darvozaga yoʻllash chinakam sanʼat asaridir."Agar biz rassomchilik haqida gapiradigan boʻlsak, bu xuddi Pikasso asaridek gap", — deya murabbiyning soʻzlarini keltiradi nashr. Ushbu uchrashuvdagi ikkinchi gol esa Lionel Messini Leagues Cup tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylantirdi. U oʻz hisobidagi gollar sonini 14 taga yetkazib, LAFC hujumchisi Denis Bouangani ortda qoldirdi.
Noa Allenning tarixiy kechasi va Suaresning yoʻqligi
Jamoaning yosh himoyachisi Noa Allen ham oʻz faoliyatida ilk bor bir oʻyinda uchta golli uzatmani amalga oshirib, tarixiy natija qayd etdi. Uning aqlli paslari Messining ikkala goli hamda Segovia tomonidan kiritilgan toʻpga zamin yaratdi. Mayami klubi bu bahsda diskvalifikatsiya qilingan tajribali hujumchi Luis Suaresning xizmatlaridan foydalana olmadi. Urugvaylik futbolchi 2025-yilgi turnir finalida Sietl Saunders xodimiga nisbatan yoʻl qoʻygan qoʻpol xatti-harakati uchun olti oʻyinlik diskvalifikatsiyani oʻtamoqda.Shunga qaramay, Lionel Messining safga ajoyib tarzda qaytishi Inter Miamiga 2023-yilgi chempionlik unvonini takrorlash yoʻlida katta ishonch bagʻishlamoqda. Jamoa oʻz yurishini shanba kuni Meksikaning Monterrey klubiga qarshi uchrashuv bilan davom ettiradi.






























Izohlar 0
…