Kenan Yildiz Arsenal safiga oʻtishni istamoqda

Yuventus yarimhimoyachisi Kenan Yildiz Arsenal safiga o'tishga tayyor ekanini bildirgan va London klubiga qo'shilish istagida qat'iy turibdi. 21 yoshli Turkiya terma jamoasi a'zosi tez orada Yuventus rahbariyatiga qarorini rasman ma'lum qilishi kutilmoqda. Biroq Yuventus futbolchining transfer qiymatini 120 million funt sterling etib belgilagan va uni sotish niyati yo'qligini bildirgan.
Londonning Arsenal klubi yangi qanot hujumchisini izlash borasidagi harakatlarini davom ettirmoqda. Turinning Yuventus klubi yarimhimoyachisi Kenan Yildiz ingliz jamoasiga oʻz xohishi bilan koʻchib oʻtishga tayyor ekanini bildirgani London klubi uchun muhim qadam boʻldi. Mazkur transfer Mikel Arteta jamoasining hujum chizigʻini kuchaytirishdagi asosiy maqsadlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Indy Kaila xabar qilishicha, 21 yoshli Turkiya terma jamoasi aʼzosi London klubiga qoʻshilish istagida qatʼiy turibdi va tez orada Yuventus rahbariyatiga oʻzining qarorini rasman maʼlum qiladi. Avvalroq Real Madrid hujumchisi Vinicius Junior qirollik klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolagani sababli, Arsenal oʻz eʼtiborini aynan Yildiz nomzodiga qaratgandi.
Transferdagi moliyaviy toʻsiqlar
Biroq mazkur kelishuvni amalga oshirish unchalik oson kechmaydi. Italiya grandi yosh iqtidor egasining transfer qiymatini 120 million funt sterling etib belgilagan. Bu esa Arsenal klubining moliyaviy imkoniyatlarini jiddiy sinovdan oʻtkazishi aniq. The Athletic nashri avvalroq London klubi futbolchining narxi boʻyicha soʻrov yuborgani, biroq Yuventus uni sotish niyati yoʻqligini qatʼiy bildirganini maʼlum qilgandi.Shunga qaramay, futbolchining oʻzi jamoani tark etishni xohlayotgani muzokaralar jarayonini butunlay oʻzgartirib yuborishi mumkin. Sacha Tavolieri kabi taniqli jurnalistlar Kenan Yildizni Mikel Artetaning orzuidagi transfer maqsadi sifatida taʼriflab kelishgan. Shu boisdan ham ushbu vaziyat yozgi transfer oynasida eng koʻp muhokama qilinadigan mavzulardan biriga aylanishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…