Yuventus uchun darvozabon masalasi keskinlashdi

Interga qarshi mag'lubiyat Yuventusda darvozabon pozitsiyasi muammosi naqadar jiddiy ekanini ko'rsatdi va klub A Seriya yangi mavsumi oldidan bu masalani transfer bozoridagi eng ustuvor vazifa deb bilmoqda. Michele Di Gregorioning, ayniqsa ikkinchi goldagi xatosi o'tgan mavsumdagi ishonchsiz harakatlarni yodga soldi.
Avstraliyaning Pert shahrida boʻlib oʻtgan Derby dʼItalia bahsida Interga qarshi oʻyindagi magʻlubiyat Yuventus klubida darvozabon muammosi naqadar dolzarb ekanini yana bir bor yuzaga chiqardi. Goal.com xabar berishicha, mavsumoldi oʻyinlarida ishonchli harakat qilgan jamoa soʻnggi uchrashuvda eski xatolarini takrorladi va bu murabbiylar shtabini jiddiy tashvishga solmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
A Seriya yangi mavsumining boshlanishiga sanoqli haftalar qolgan bir paytda, Turin klubi transfer bozorida asosiy darvozabon pozitsiyasini yopishni eng ustuvor vazifa deb hisoblamoqda. Avvalgi oʻrtoqlik oʻyinlarida Bazel, Standard Liege, Nice va Chelsi kabi jamoalarga qarshi bahslarda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan turinliklar himoyasi Inter bilan oʻyinda oʻz ojizligini koʻrsatdi.
Di Gregorioning xatolari va oʻtmishdagi muammolar
Interga qarshi kechgan bahsda darvoza toʻridan oʻrin olgan ikkita toʻp Michele Di Gregorioning harakatlariga nisbatan haqli eʼtiozlarni keltirib chiqardi. Ayniqsa, ikkinchi golda futbolchining zarbani qaytarishdagi noaniq harakati oʻtgan mavsumdagi xatolarni yodga soldi. San-Siroda Interga va Allianz stadionida Komoga qarshi kechgan oʻyinlardagi ishonchsizliklar muxlislar xotirasida hamon saqlanib qolgani aytilmoqda.Hozirgi kunda jamoa tarkibida Michele Di Gregorio bilan birga Mattia Perin va Pinsoglio ham bor. Biroq zaxira darvozabonlarining shartnomasi bir yildan keyin yakuniga yetishi, 2029 yilgacha moʻljallangan bitimga ega boʻlgan Di Gregorio esa rahbariyat hamda murabbiy ishonchini oqlay olmayotgani jamoadagi vaziyatni yanada chigallashtirmoqda.
Transfer bozoridagi qiyinchiliklar va yangi nomzodlar
Transfer oynasining yakunlanishiga oz vaqt qolganiga qaramay, Yuventus hali ham bu masalada aniq yechimga kelgani yoʻq. Asosiy nishon sifatida koʻrilgan Alisson va Emiliano Martinez kabi tajribali posbonlar qoʻldan chiqdi, Vicario kabi boshqa variantlar esa klub rahbariyatini toʻliq qanoatlantirmayapti.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Pari Sen-Jermen klubi Parma darvozabonini sotib olsa, uni ijara asosida turinliklarga berish ehtimoli muhokama qilinmoqda. Biroq shunchalik muhim pozitsiyaga ijara asosidagi oʻyinchini jalb qilish qanchalik toʻgʻri ekani mutaxassislarda savol tugʻdirmoqda.






























Izohlar 0
…