Yangi Xbox Helix barcha avloddagi oʻyinlarni qoʻllab-quvvatlashi mumkin

Microsoft kelgusi avlod Xbox konsoli — Project Helix orqali tarixdagi barcha avvalgi Xbox konsollari uchun chiqarilgan o'yinlarni ishga tushirish imkonini yaratishni rejalashtirmoqda. Kompaniya buning uchun maxsus emulyator ishlab chiqish, o'yinlarni sinovdan o'tkazish va sertifikatsiyalash, shuningdek do'kon infratuzilmasi hamda o'yinchilarni qo'llab-quvvatlash ishlarini o'z zimmasiga oladi.
Microsoft kompaniyasi kelgusi avlod Xbox oʻyin konsoli — Project Helix ustida faol ish olib bormoqda. IXBT.com maʼlumotiga koʻra, yangi qurilma nafaqat soʻnggi avlod oʻyinlari bilan toʻliq moslashuvchanlikni saqlab qoladi, balki tarixdagi barcha avvalgi Xbox konsollari uchun chiqqan oʻyinlarni ham ishga tushirish imkonini berishi kutilmoqda. Bu haqda tarqalgan ichki xizmat yozuvi guvohlik bermoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Maʼlum boʻlishicha, Microsoft mazkur ulkan loyihaning barcha asosiy muhandislik vazifalarini oʻz zimmasiga olishni rejalashtirgan. Kompaniya maxsus emulyatorni ishlab chiqish, har bir oʻyinni sinovdan oʻtkazish hamda sertifikatsiyalash, doʻkon infratuzilmasi va oʻyinchilarni qoʻllab-quvvatlash ishlarini oʻzi bajaradi. Bunda ijodkorlardan faqatgina oʻzlarining eski loyihalarini doʻkonda joylashtirish uchun ruxsat berish talab etiladi, xolos.
Yangi tashabbus doirasida dasturchilar va nashriyotlar oʻz mahsulotlaridan tushadigan foydani toʻliq saqlab qolishadi. Shuningdek, Microsoft ularga oʻz huquqlari, narx siyosati hamda brend ustidan nazoratni toʻlaqonli saqlab qolishni kafolatlaydi. Bu esa eski loyihalarni zamonaviy platformalarga qaytarish jarayonini huquqiy jihatdan ancha osonlashtiradi.
Texnik qiyinchiliklar va yechimlar
Biroq, bu borada ayrim jiddiy texnik toʻsiqlar ham mavjud. Eng asosiy muammo asl Xbox va Xbox 360 konsollari uchun yaratilgan oʻyinlarga taalluqlidir. Ushbu eski qurilmalar butunlay oʻzgacha arxitekturaga tayangani sababli, ularni zamonaviy konsollar yoki shaxsiy kompyuterlarda ishga tushirish murakkab vazifa hisoblanadi. Chunki Helix texnik jihatdan shaxsiy kompyuterga yaqin turadi.Bunday oʻyinlarni yangi tizimga moslashtirish uchun mukammal emulyator yaratish yoki har bir loyihani noldan boshlab remaster qilish talab etiladi, bu esa oʻz navbatida koʻp vaqt va mablagʻ talab qiladi. Shunga qaramay, Microsoft allaqachon dastlabki qadamlarni tashlab ulgurgan va bir qator eski loyihalarni shaxsiy kompyuterlar uchun chiqargan.
Birinchi qadamlar
Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sinovlar va relizlar qatoriga quyidagi mashhur retro oʻyinlar kiritildi:- BLiNX: The Time Sweeper
- Conker: Live and Reloaded
- Crimson Skies: High Road to Revenge
- Fuzion Frenzy






























Izohlar 0
…