Konor Makgregor Maxachev – Gerri jangiga qanday prognoz berdi?

1 daqiqa o'qish949
Konor Makgregor Maxachev – Gerri jangiga qanday prognoz berdi?

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, oktagon yulduzi Konor Makgregor Islam Maxachev hamda Yen Machado Gerri o‘rtasidagi bo‘lajak chempionlik bahsi bo‘yicha shov-shuvli bayonot bilan chiqdi.

Irlandiyalik yulduz hamyurti bo‘lgan da’vogar Yen Gerrini ochiq qo‘llab-quvvatlab, uning raqib ustidan qozonishi mumkin bo‘lgan aniq ssenariysini ochiqladi.

«Gerrida g‘alaba uchun hamma narsa yetarli»

Makgregorning ta’kidlashicha, Gerrining antropometrik ko‘rsatkichlari va jangda masofani ushlash mahorati amaldagi chempion uchun jiddiy muammo tug‘diradi:

«Olg‘a, Gerri! Unda g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan barcha jihatlar bor: bo‘yi baland, oktagonda masofani a’lo darajada his qiladi va o‘zi uchun xavfsiz harakatlanishni biladi», — dedi Konor.

«Maxachev yarim o‘rta vaznda hali o‘zini isbotlashi kerak»

Shuningdek, sobiq chempion rossiyalik sportchining yangi diviziondagi holatiga shubha bilan qarashini yashirmadi va jang qay tarzda yakunlanishini taxmin qildi:

«Maxachev yarim o‘rta vaznda hali haqiqiy kuchini ko‘rsatib berishi kerak. Men jang natijasini qanday ko‘ryapman? O‘ng oyoq bilan boshga aniq va kuchli xay-kik zarbasi — va irland-braziliyalik jangchining g‘alabasi!» — deya o‘z prognozini bildirdi Makgregor.

Bu fikrlar chempionlik to‘qnashuvi oldidan muxlislar va ekspertlar o‘rtasidagi bahs-munozaralarni yanada avj oldirmoqda.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?