Messi MLS tomonidan jarimaga tortildi

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi MLS Intizom qo‘mitasi tomonidan chempionat uchrashuvidagi harakati uchun jazolandi. Bu haqda liga intizom qo‘mitasi xabar berdi.
Voqea “Inter Mayami” va “Filadelfiya Yunion” o‘rtasida kechgan hamda 2:2 hisobida yakunlangan bahsning ikkinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan vaqtda yuz bergan.
Ushbu vaziyatda Messi “Filadelfiya” yarim himoyachisi Kuinn Sallivan bilan tortishib qolgan. Bahs vaqtida argentinalik futbolchi raqibining bo‘yin qismiga qo‘li bilan tekkan.
MLS qoidalariga ko‘ra, futbolchining raqibning yuzi, boshi yoki bo‘yniga qo‘l tekkizishi taqiqlangan. Shu sababli Intizom qo‘mitasi Messiga jarima qo‘llagan.
Biroq futbolchiga qancha miqdorda jarima solingani oshkor qilinmagan. Messi diskvalifikatsiya qilinmagani sababli “Inter Mayami”ning navbatdagi uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.






























Izohlar 0
…