Itauma g‘alaba qozona turib, qanday qilib Xrgovichga nokaut bo‘ldi?

Super og‘ir vazn toifasida London ringida kechgan chempionlik jangi boks ixlosmandlariga yilning eng dramatik yakunlaridan birini taqdim etdi. 34 yoshli xorvatiyalik tajribali bokschi Filip Xrgovich 21 yoshli britaniyalik super-iqtidor Mozes Itaumani 9-raundda texnik nokaut evaziga taslim etib, vakant bo‘lib turgan nufuzli IBF jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Jang yakunlangach, xalqaro Compubox kompyuterlashgan statistika portali e’lon qilgan raqamlar muxlislarni yanada hayratda qoldirdi — bahs to‘xtatilgan paytga qadar britaniyalik bokschi deyarli barcha jabhalarda ikki baravar ustunlik qayd etayotgan edi.
Raqamlardagi ustunlik va ringdagi achchiq haqiqat
Compubox e’lon qilgan yakuniy zarbalar hisoboti Mozes Itaumaning qanchalik yuqori bosim va tezlikda harakat qilganini ko‘rsatib turibdi:
Jami aniq zarbalar: Itauma raqibiga 163 ta aniq zarba yo‘llagan bo‘lsa, Xrgovichda bu ko‘rsatkich atigi 90 tani tashkil etgan;
Jeblar (to‘g‘ri zarbalar): 39 ga qarshi 26 ta ko‘rsatkich bilan britaniyalik ochkolar to‘plashda ham oldinda borgan;
Asosiy kuchli zarbalar (Power Punches): Yosh yulduz xorvatiyalikka nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p kuchli zarba bergan — 124 ga qarshi 64.
Biroq, barcha raqamli ko‘rsatkichlarda oldinda bo‘lishiga qaramay, 8–9-raundlarga kelib kuchini noto‘g‘ri taqsimlagan britaniyalikning holdan toyishi va sekundantlari tomonidan sochiq tashlanishi bahs taqdirini muddatidan oldin hal qildi.
Yangi chempionning navbatdagi jangi: Raqib kim bo‘ladi?
Tarixiy g‘alaba orqali Xorvatiya tarixidagi ilk og‘ir vazn jahon chempioniga aylangan Filip Xrgovich uzoq vaqt dam olmaydi:
Frenk Sanchesga qarshi bahs: Xalqaro insaydlarga ko‘ra, yangi chempion IBF kamarini himoya qilish maqsadida navbatdagi jangini kubalik tajribali va mahoratli bokschi Frenk Sanchesga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda.































Izohlar 0
…