Futbol bo‘yicha bir nechta terma jamoalar, jumladan Angliya va Germaniya terma jamoalari 2018 yilgi jahon chempionati o‘tkazilishi vaqtida o‘zi joylashadigan joy sifatida Moskvani tanlashni istamayaptilar. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Ushbu terma jamoalar Moskvadagi yo‘l bilan bog‘liq vaziyatdan ko‘ngillari to‘lmagan. Inglizlar bosh murabbiyi Garet Sautgeyt va uning yordamchisi Stiv Xolland Rossiyaga Konfederasiyalar kubogi vaqtida tashrif buyurishdi. Mutaxassislar kuzatgan tirbandliklar ularni jamoani Moskvada joylashtirishdan bosh tortishga undadi.
Konfederasiyalar kubogida ishtirok etayotgan Germaniya terma jamoasi rahbariyatida esa Rossiyaning Qora dengiz bo‘yida jamoalarni tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar yaxshi taassurot qoldirdi. Bundestim aynan o‘sha erda o‘ziga baza tanlamoqchi.
Konfederasiyalar kubogi 17 iyundan 2 iyulgacha jahon chempionati o‘yinlarini qabul qiluvchi Rossiyaning 4 ta shahari: Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Sochida bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning yarim finaliga Portugaliya, Chili, Germaniya va Meksika chiqdi. Portugaliya va Chili o‘rtasidagi uchrashuv 28 iyunda, Germaniya va Meksika o‘rtasidagi uchrashuv esa 29 iyunda bo‘lib o‘tadi.
2018 yilgi jahon chempionati Rossiyaning 11 ta shahridagi 12 ta stadionda 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuligacha bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi