FIDЕ Javohir Sindarov va Gukesh Dommaradju o‘rtasidagi chempionlik jangini e’lon qildi

FIDЕ Javohir Sindarov va Gukesh Dommaradju o‘rtasidagi chempionlik jangini e’lon qildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDЕ)
  • 2026-yilda Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘zbekistonlik Javohir Sindarov hamda hindistonlik Gukesh Dommaradju o‘rtasida jahon chempionligi uchun jang bo‘lib o‘tishini rasman e’lon qildi.
  • Javohir Sindarov bu imkoniyatni Kiprdagi FIDЕ Da’vogarlar turnirida g‘alaba qozonish orqali qo‘lga kiritgan.
  • Mazkur jang 24-noyabrdan 12-dekabrgacha davom etadi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDЕ) 2026 yilning eng intiqlik bilan kutilayotgan voqeasi — jahon toji uchun kechadigan bahs tafsilotlarini eslatdi. Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradju bilan shaxmat taxti uchun kurash olib boradi.

FIDЕ o‘zining rasmiy Instagram sahifasida bo‘lajak duel haqida maxsus post qoldirib, bu qarama-qarshilik tarix zarvaraqlariga kirishini alohida qayd etdi:

«Havoda allaqachon keskinlik sezilayotgandi!

Samarqanddagi 46-Jahon shaxmat Olimpiadasidan tortib, 2026 yilda Jenevadagi jahon chempioni unvoni uchun bahsgacha — tarix davom etmoqda. Gukesh D va Javohir Sindarov yana yuzma-yuz keladi, bu safar ular jahon chempioni unvoni uchun kurashadi.

FIDЕ jahon chempioni unvoni uchun match — 2026. Jeneva, Shveysariya. O‘yinlar sanasi: 24 noyabr — 12 dekabr», — deyiladi tashkilot xabarida.

Toj sari yo‘l: Sindarov bu huquqni qanday qo‘lga kiritdi?

Javohir Sindarov jahon shaxmat taxti uchun kurashish imkoniyatini shu yil bahorida Kipr maydonlarida o‘tkazilgan nufuzli FIDЕ Da’vogarlar turnirida g‘alaba qozonish orqali rasmiylashtirgan edi. Uning mazkur g‘alabasi o‘zbek shaxmati tarixida navbatdagi buyuk sahifani ochib berdi.

Samarqanddagi Olimpiadada kim qanday natija ko‘rsatgan edi?

Har ikki grossmeyster yaqinda Samarqand mezbonlik qilgan 46-Jahon shaxmat Olimpiadasida ham o‘ziga xos yuqori darajadagi mahorat namoyish etdi:

  • Javohir Sindarov: O‘zbekiston terma jamoasi bilan birgalikda umumjamoa hisobida tarixiy oltin medalni qo‘lga kiritdi, shuningdek, 2-doskada shaxsiy natijasi bo‘yicha bronza medaliga ega chiqdi.

  • Gukesh Dommaradju: Hindiston milliy jamoasi safida umumjamoa hisobida kumush medalni yutdi hamda 4-doskadagi shaxsiy ko‘rsatkichi evaziga yana bir kumush medalni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

24 noyabrdan 12 dekabrgacha Jenevada kechadigan shaxmat jangi millionlab muxlislar e’tibor markazida bo‘ladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar