
Ispaniyadagi AS gazetasi «Real» klubi muxlislari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnomada ishtirok etganlar «Garet Beylning o‘rniga «Monako»dan Kilian Mbappeni xarid qilish kerakmi?» degan savolga javob berishi lozim edi.
So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, muxlislarning 75 foizi Beyl jamoaga kerak emasligi, uning o‘rniga Mbappeni xarid qilish kerakligini bildirishgan.
Bundan avvalroq, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres Mbappe tufayli Ronaldu, Benzema yoki Beyldan voz kechmasligini aytgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar