Rossiya premer-ligasi jamoasi o‘zbekistonlik futbolchilardan birini o‘z safiga qo‘shib olishi kutilmoqda. Bu haqda o‘zbek futbolidagi taniqli shaxslardan biri, OFK sobiq komissari Alisher Nikimbaevga asoslanib, «Tribuna» xabar yozgan.
«Tez orada RFPLda to‘p suradigan o‘zbekistonlik futbolchilar soni yana bitta ko‘payadi. Kamtargina klub. Lekin shu ham futbolchimizga tramplin vazifasi o‘tashi kerak. Yangilikni kuting», deb yozadi Nikimbaev.
Nikimbaev aynan qaysi futbolchi qaysi jamoaga o‘tishi haqidagi savolni ochiq qoldirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gap «Bunyodkor» futbolchisi haqida ketmoqda. Oldinroq «qaldirg‘ochlar» vakili Doston Hamdamov va Eldor Shomurodov Rossiyada ko‘rikdan o‘tgani haqida xabarlar tarqalgandi. Hamdamov «Axmat» (sobiq «Terek»), Shomurodov esa SSKA ko‘rigida bo‘lib qaytgandi.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan ikki nafar futbolchi Vitaliy Denisov («Lokomotiv») va Vadim Afonin («Anji») Rossiya premer-ligasida to‘p surib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi