
«Liverpul» «Audi Kap» o‘rtoqlik musobaqasining yarim finalida «Bavariya» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Myunxendagi «Alyans-Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs qizillarning 3:0 hisobidagi ustunligi bilan yakuniga etdi.
Birinchi bo‘limda Sadio Mane va Muhammad Saloh to‘p urgan bo‘lsa, bellashuvning ikkinchi bo‘limida angliyaliklar g‘alabasini zaxiradan maydonga tushgan Deniel Starrij mustahkamlab qo‘ydi.
«Liverpul» «Audi Kap» finaliga chiqdi hamda bugun, 2 avgust kuni «Atletiko» bilan uchrashadi. «Bavariya» esa musobaqaning uchinchi o‘rni uchun «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi.
Bavariya Germaniya – Liverpul Angliya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 7 Mane, 0:2 – 34 Saloh, 0:3 – 83 Starrij.
Bavariya – Ulrayx, Rafinya, Xummels, Martines, Alaba (Fridl, 79), Riberi, Alkantara (Sanshesh, 21), Xames (Koman, 62), Tolisso (Vidal, 74), Myuller, Levandovski.
Liverpul – Karius, Lovren, Matip (Klavan, 67), Moreno, Aleksander-Arnold (Flanagan, 79), Xenderson (Starrij, 68; Solanke, 86), Koutino(Vudbern, 79), Firmino (Kent, 67), Saloh (Gruyich, 67), Jan (Veynaldum, 46), Mane (Lallana, 46).
Ogohlantirishlar: Sanshesh (50), Vidal (88), Lallana (88).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 