Angliyada premer-liga tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazildi.
Dailymail xabariga ko‘ra, «Arsenal»ning sobiq hujumchisi Dennis Bergkamp APL tarixidagi eng chiroyli gol muallifi sifatida tan olingan. Ushbu niderlandiyalik futbolchining 2001/02 yilgi mavsumda «Nyukasl» darvozasiga urgan goli muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada 31 foiz ovoz to‘plagan.
Ikkinchi o‘rinda «Lids»ning ganalik hujumchisi Toni Yeboaning 1995 yili «Uimbldon»ga urgan goli (29 foiz), uchinchi o‘rinda esa «MYu» hujumchisi Ueyn Runining 2011 yili «Manchester Siti»ga urgan goli (21 foiz) qayd etildi.
Angliya premer-ligasi 1992 yilda tashkil etilgan, birinchi mavsum 1992/93 yilgi mavsum bo‘lgandi. Bungacha Angliya futbolidagi asosiy turnir Birinchi divizion nomi ostida o‘tkazilardi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...