O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Samvel Babayan milliy terma jamoa bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilganini ma’lum qildi.
«Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi butunlay tarqatib yuboriladi. Milliy terma jamoanning keyingi taqdiri haqidagi yangi ma’lumot navbatdagi bayonot orqali ommaga e’lon qilinadi» — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Eron va Koreya terma jamoalarini tabriklaydi va ularga keyingi o‘yinlarda omad tilaydi.
«Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi jahon chempionati saralashi davomida to‘xtovsiz ravishda qo‘llab-quvvatlaganligi va milliy terma jamoaga doimiy ravishda dalda berib turganligi uchun milliy terma jamoamiz muxlislariga cheksiz minnatdorchilik izhor qiladi» — ta’kidlanadi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi