
2017/18 yilgi mavsum uchun Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turiga start berildi.
E guruhida "Sevilya" o‘z maydonida "Maribor"ni qabul qilib, 3:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.
Mezbonlar tarkibidagi barcha gollarga Ben Yedder mualliflik qildi.
Guruhning ikkinchi bahsida "Liverpul" "Spartak" mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
O‘yinning 23-daqiqasida Fernando gol urib, mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 31-daqiqada Koutino hisobni tenglashtirdi.
E guruhi
Sevilya – Maribor 3:0
Gollar: 1:0 – 27 Ben-Yedder, 2:0 – 38 Ben-Yedder, 3:0 – 83, penalti Ben-Yedder.
Sevilya – Riko, Parexa, Eskudero, Korshya, Langle, Vaskes (Sarabiya, 79), Nzonzi, Korrea, Banega (Pisarro, 86), Nolito (Navas, 67), Ben-Yedder.
Maribor – Xandanovich, Raychevich, Viler, Milets, Billong, Kabxa (Xotich, 74), Vrxovets, Axmedi, Pixler, Boxar (Kramarich, 71), Tavares (Meshanovich, 88).
Ogohlantirishlar: Eskudero (56).
Spartak – Liverpul 1:1
Gollar: 1:0 – 23 Fernando, 1:1 – 31 Koutino.
Spartak – Rebrov (Selixov, 68), Bokketti, Kutepov, Jikiya, Tashchi, Samedov (Pedro Rosha, 90), Popov (Melgarexo, 85), Fernando, Pashalich, Yeщenko, Luis Adriano.
Liverpul – Karius, Matip, Moreno, Aleksander-Arnold, Lovren, Firmino, Jan (Veynaldum, 73), Salax, Koutino, Mane (Starrij, 70), Xenderson.
Ogohlantirishlar: Jan (7), Bokketti (46), Firmino (75). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar