
Bir tur avval Sloveniyada «Maribor» darvozasiga javobsiz 7 ta gol urgan «mersisayd» klubi, bu safar «Enfild» arenasida 3 ta gol farqi bilan zafar quchdi. Klopp shogirdlaridan Milner penaltidan foydalana olmadi.
Mazkur g‘alaba Liverpul shahri jamoasining peshqadamligini ta’minlab turibdi. Sababi Moskvaning «Spartak» klubi Ispaniyada yengildi. «Lujniki»da «Sevilya» ustidan 5:1 hisobida ustun kelgan «spartakchilar», javob o‘yinida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi
«E» guruhi. 4-tur o‘yinlari
1 noyabr, chorshanba
«Sevilya» — «Spartak» 2:1
Gollar: Kleman Langle, 30 (1:0). Ever Banega, 59 (2:0). Ze Luish, 78 (2:1).
«Liverpul» — «Maribor» 3:0
Gollar: Muhammad Saloh, 49 (1:0). Emre Jan, 64 (2:0). Daniel Starrij, 90 (3:0).
Noaniq penalti: Jeyms Milner, 53 (L).

Manba: Daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar