
Rossiyaning Yaroslavl shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnirda o‘zbekistonlik bokschilar 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Xalqaro turnirda mezbon bokschilaridan tashqari O‘zbekiston, Belorus, Qozog‘iston hamda Ukrainadan kelgan charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun o‘n vazn toifasida ringga ko‘tarildi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan 48kg.da Ahmadjon Ahmedov, 50 kg.da Koblanbay To‘raboyev, 52 kg.da Farhod Eshmahametov, 54 kg.da Ruslan Abdullayev, 57 kg.da Asadbek Abduraimov, 60 kg.da Farruhbek Xasanov, 63 kg.da Login Petrov, 66 kg.da Nurislom Isomilov, 70 kg.da Jahongir Zokirov, 75 kg.da Shoxjahon Abdullayev barcha raqiblarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.
Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Nurislom Ismoilov musobaqaning eng yaxshi bokschisi deya e’tirof etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar