UYeFA moliyaviy Fair Play talablarini keskin ravishda oshirmoqchi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, klub «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «PSJ» kabi juda katta miqdorda pul sarflovchi klublarning transfer siyosatini qattiq nazorat qilishni rejalashtirgan. UYeFA iqjroqo‘mi yangi qoidalar loyihasini 2018 yilning may oyida ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.
Qoidalarning yangi talqiniga ko‘ra, tashkilot klublarning faqat transferlar bo‘yicha xarajatlarini nazorat qiladi. Taxminlarga ko‘ra, yangi qoidaga ko‘ra, jamoa bir yilda futbolchi sotib olish va sotib olish bo‘yicha xarajatlarni 100 million yevrodan oshirmasligi talab qilinadi. Bundan tashqari, UYeFA klublarning qarzlarini ham nazorat qilishni ko‘rib chiqmoqchi.
Yana bir qoidalardan biri bu klublar tarkibidagi futbolchilar sonining 25tadan oshmasligi bo‘lishi mumkin. UYeFA shuningdek jamoalarning shartnomalari bo‘yicha summani ham cheklamoqchi. Unga ko‘ra klub tuzadigan shartnomalar umumiy foydaning 30 foizidan oshib ketmasligi lozim bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar oynasi vaqtida «PSJ» «Barselona» hujumchisi Neymarni 222 million yevro evaziga sotib olgandi. Shuningdek «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe ham ijaraga olingan. Uning sotib olish narxi 180 million yevroni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda