22:50 / 01.03.2018
4 232

“Uzbek Tigers” “Colombia Heraicos”ni mag‘lub etdi (to‘liq sharh)

"Uzbek Tigers" "Colombia Heraicos"ни мағлуб этди (тўлиқ шарҳ)
“Uzbek Tigers” jamoasi WSB VIII mavsum guruh bosqichi 3- turida Kolumbiyaning “Colombia Heraicos” bokschilari bilan kuch sinashdi.

Mazkur bellashuvlarda 52, 60, 69, 81 va +91 kg vazn toifasidagi bokschilar ringga chiqishdi.

Dastlab Xudoynazar Fayzov ringga chiqdi. Keybar Avilaga qarshi kechgan jangda yosh bokschimizga tajriba yetishmadi va raqib hakamlar xulosasiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Ikkinchi jangda esa 60 kg vazn toifasida Shunqor Abdurasulov Duvan Zuleta bilan jang olib bordi. Mazkur jangda Shunqor raqibdan to‘la ustun keldi va 4-raund avvalida raqib jangni davom ettirishdan bosh tortdi.

Uchinchi jangda esa Mahmud Gaipov Aleksandr Ranxelga qarshi ringga chiqdi. Raqib Mahmudning zarbalariga dosh berolmadi va Gaipov texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

81 kg vazn toifasida esa Riodagi Olimpiya o‘yinlari va Gamburgda o‘tgan JCHda sovrindor bo‘lgan Bektemir Meliqo‘ziyev Diyego Motoaga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang hamyurtimizning ustunligida o‘tdi va hakamlar bir ovozdan Meliqo‘ziyevning g‘alabasini qayd etishdi.

Eng og‘ir vazn toifasida esa Bahodir Jalolov Kristian Salkyedo bilan jang olib bordi. Mazkur bellashuvda Bahodir raqibiga zarracha imkon qoldirmadi va jamoamizga bugungi jang kechasidagi to‘rtinchi g‘alabani tortiq etdi.

“Uzbek Tigers” - “Colombia Heraicos” - 4:1

52 kg: Xudoynazar Fayzov - Keybar Avila - 46:48, 46:48, 47:47
**** **** **** **** **** ****
60 kg: Shunqor Abdurasulov - Duvan Zuleta - TKO4
**** **** **** **** **** ****
69 kg: Mahmud Gaipov - Aleksandr Ranxel - TKO3
**** **** **** **** **** ****
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev - Diyego Motoa 49:46, 49:46, 49:46
**** **** **** **** **** ****
+91 kg: Bahodir Jalolov - Kristian Salkedo. 50:44, 50:44, 50:44.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Uzbek Tigers” “Colombia Heraicos”ni mag‘lub etdi (to‘liq sharh)