Andrey Miklayayev: “Bundan buyon yutqazishga haqqimiz yo‘q”

1 daqiqa o'qish3K
Andrey Miklayayev: “Bundan buyon yutqazishga haqqimiz yo‘q”
Bugun, “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasi 2018 yilgi mavsumi guruh bosqich 5-tur o‘yinlari doirasida BAAning “Al Vahda” jamoasi bilan bahs yuritadi.

Kecha mazkur o‘yin oldidan har ikki jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda “temiryo‘lchilar” jamoasi ustozi Andrey Miklyayevga mahoratli futbolchi Nivaldo hamroxlik qildi va jurnalistlarning savollariga javob berdi. Bu haqda “Lokomotiv” matbuot xizmati xabar bermoqda.

– Bizni oldinda juda murosasiz uchrashuv kutib turibdi. Zero keyingi bosqich masalasini allaqachon ijobiy hal qilishga ulgurgan “Al Duhail”dan tashqari qolgan 3ta jamoada ham hamon nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoni mavjud. Shu boisdan “Al Vahda” ham ertangi o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritish maqsadida o‘ynaydi. Biroq biz ham Abu Dabiga 3 ochkoni ko‘zlagan holda keldik. Keyingi bosqichga chiqish uchun bizdan oldindagi ikkala qolgan o‘yinni ham yutish talab etiladi. Jamoamiz mazkur bellashuvga jiddiy hozirlik olib bordi.

Bilasizmi, biz Chempionlar Ligasini juda muvaffaqiyatli boshlagandik. Biroq keyingi o‘yinlarda kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydik. Lekin yutqazgan uchrashuvlarimizda ham jamoamiz yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Faqatgina omad raqib tarafida bo‘lgani uchun ham mag‘lub bo‘ldik, xolos. Bundan buyon yutqazishga haqqimiz yo‘q. Jamoamiz ishqibozlarining ishonchini oqlash uchun ham ertaga maydonda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz va uyga 3 ochko bilan qaytishga urinamiz, – dedi tajribali mutaxassis.

– “Al Vahda” – yaxshi shakllangan jamoa. Biroq raqibga hurmat saqlagan holda aytishim lozimki, ertangi o‘yinda biz faqat va faqat g‘alaba haqida o‘ylayapmiz. Zero bundan o‘zga choramiz ham yo‘q. Keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun 3ta jamoa o‘rtasida juda murosasiz bahs borishiga aminman. Umid qilamanki, ertaga maydonda chiroyli va mazmunli o‘yin namoyish etgan holda nimchorak finalga chiqish imkoniyatlarimizni saqlab qolamiz, – dedi Nivaldo.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?