Xabaringiz bor O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va “Real Madrid” klubi akademiyasi direktori uchrashuvi davomida “Qirollik klubi”ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O‘zbekistonda “Real Madrid” klubining futbol maktabi ochilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.
Ana shu kelishuv bo‘yicha ish tartibini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G‘ofurov Ispaniyaga tashrif buyurib, “Real Madrid” akademiyasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Kelishuvga ko‘ra, “Real Madrid”da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ham hamkorlik qilinadi. Ular futbol maktablarida mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Shuningdek, yurtimizdagi iste’dodli bolalarni “Real” Madridga olib borish, “Qirollik klubi” tomonidan tashkil etiladigan musobaqalarda ularning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ham hamkorlik qilinadigan bo‘ldi.
“Real Madrid” Akademiyasi xorijiy davlatlarda faqat Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida ish olib bormoqda.
Endilikda ushbu dastur asosida “Real Madrid” metodologiyasini o‘zbekistondagi futbol klublarida ham qo‘llash, futbolchilar bilan yangicha uslubda mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
Muzokaralar natijasiga ko‘ra shu yilning iyun oyida “Real Madrid” klubi akademiyasi mutasaddilari va vakillari yurtimizga tashrif buyuradigan bo‘lishdi. Ular O‘zbekistonda bir oyga yaqin vaqt davomida bo‘lib, “Qirollik klubi” akademiyasini tashkil etish, yurtimizdagi futbol maktablari va akademiyalarida ispan futboli metodikasi bo‘yicha ish olib borish, bolalar futboli murabbiylarining malakasini oshirish, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish borasida ish olib borishadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi