22:07 / 04.05.2018
6 378

Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston "F" guruhidan o‘rin oldi

Осиё Кубоги - 2019 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон "F" гуруҳидан ўрин олди
Bugun 4 may kuni Dubaydagi "Armani Hotel" mehmonxonasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur marosimda OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa taklifiga ko‘ra O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalar bilan bir guruhdan o‘rin oldi.

"A" guruhi
BAA
Tayland
Bahrayn
Hindiston

"V" guruhi
Avstraliya
Suriya
Falastin
Iordaniya

"S" guruhi
Janubiy Koreya
Xitoy
Qirg‘iziston
Filippin

"D" guruhi
Eron
Iroq
Vetnam
Yaman

"Ye" guruhi
Saudiya Arabistoni
Qatar
Livan
KXDR

"F" guruhi
Yaponiya
O‘zbekiston
Ummon
Turkmaniston

Osiyo Kubogi 2019 yilning 5 yanvaridan 1 fevraliga qadar Birlashgan Arab Amirliklarining 4ta shahrida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston "F" guruhidan o‘rin oldi