07:30 / 19.05.2018
4 862

Davron Fayziyev: "Bu yigitlar butun O‘zbekiston xalqining eng suyukli farzandlariga aylanishdi" (video)

Даврон Файзиев: "Бу йигитлар бутун Ўзбекистон халқининг энг суюкли фарзандларига айланишди" (видео)
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tkazilgan Mehribonlik uylari o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu voqelikdan so‘ng taniqli sharhlovchi “SPORTS.uz haftasi” loyihasi eksperti Davron Fayziyev ko‘rsatuvda quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

- Qo‘shaloq bayram. Ramazon oyi boshlandi. “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvining muxlislarini ayyom bilan qutlaymiz. Mana shu bayramga mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari sovg‘a bilan yetib kelishmoqda. Futbol ishqibozlarini ham tabriklaymiz. Chiroyli g‘alaba. Bu o‘z nomi bilan jahon chempionati. Misol uchun hamyurtlarimiz u yerda o‘ziga o‘xshagan dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan tengdoshlari bilan kuch sinashishdi. Munosib tarzda zafar quchishdi. Bu katta g‘alaba. Endi bu yigitlar butun O‘zbekiston xalqining eng suyukli farzandlariga aylanishdi. Ularga omad tilaymiz. Bu boshlanishi bo‘lsin. Keyingi faoliyatingizda ham yurtimiz dovrug‘ini dunyoga taratishda davom etavering. Barchaning nomidan rahmat deymiz. Futbolchilarni borib ishtirok etishiga, tayyorgarlik ko‘rishiga sharoit yaratib berganlarga, homiylar bor bo‘lsa ularga ham minnatdorchilik bildiramiz. Avvallari bunday natija kuzatilmagan. Mana shunday quvonchli xabarlar ko‘paysin. Milliy terma jamoamizga ham bu yutuqlar yuqib, yetib boradi degan umiddamiz, - dedi Davron Fayziyev.

Ko‘rsatuvning to‘liq ko‘rinishini quyida tomosha qilishingiz mumkin:


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: "Bu yigitlar butun O‘zbekiston xalqining eng suyukli farzandlariga aylanishdi" (video)