09:50 / 22.05.2018
3 171

Tuxel Neymarni «PSJ»da qolishga ko‘ndirdi

Tuxel Neymarni «PSJ»da qolishga ko‘ndirdi
«PSJ» klubi hujumchisi Neymar yakshanba oqshomida parijliklar yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel bilan suhbatlashgan va shundan so‘ng jamoada qolish qaroriga kelgan.

Jurnalist Gilem Balagening xabar qilishicha, Neymar «PSJ»ni tark etish borasida jiddiy o‘ylayotgan edi. Uning Parij klubida baxtli emasligi haqidagi xabarlar, keyinchalik Neymarning «Real»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga aylanib ketgandi.

Yakshanba kuni Tuxel braziliyalik yulduzni «PSJ»da qolishga ko‘ndirgan va Neymar kelajagi faqat parijliklar bilan bog‘liqligini tushunib yetgan.

Manba: www.ff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tuxel Neymarni «PSJ»da qolishga ko‘ndirdi