12:56 / 25.05.2018
2 794

Nikolay Valuyev nega erta boksdan ketishi sababini oshkor qildi

Nikolay Valuyev nega erta boksdan ketishi sababini oshkor qildi
Rossiyalik boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vaznli sobiq jahon chempioni Nikolay Valuyev o‘z davrida ikki karra «WBA» chempionlik kamariga egalik qilgan. U 2018 yil avgustida 45 yoshni qarshilaydi. Yaqinda «Match TV» telekanali muxbiriga bergan intervyusida nima sababdan katta boksni bu qadar erta tark etganini oshkor etdi.

Uning tan olib aytishicha, boksdan ketishga miyasida paydo bo‘lgan saraton shishi majbur qilgan.

— Men kasallik haqida eshitdim-u, ortiq ringda qola olmasligimni angladim. Negaki, kasallikni yo‘q qilish uchun uchta jiddiy jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishim lozim edi. Mening jussam bunchalik yirik va boshim kattaligi ham aslida o‘sha saraton xastaligi natijasi deb bilaman. Agar o‘sha jarrohlik amaliyotini boshlamasak, oxiri o‘lim bilan tugashi ham mumkin edi. Basharti kasal bo‘lmasam, aslo katta boksdan ketmasdim…

Eslatib o‘tamiz, Nikolay Valuyev katta boksdan ketgach, 2010 yili siyosiy arbobga aylandi. 2011 yili esa «Yedinaya Rossiya» partiyasi nomidan Davlat Dumasi deputati sifatida faoliyat yurita boshladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)