
YouTube kanallaridan birida Kanadaning maktab basketbol jamoalaridan biri Frenchy Phenoms’ning 12 yashar o‘yinchisi Olive Riu haqidagi video paydo bo‘ldi. O‘smir o‘z tengdoshlaridan ajabtovur bo‘yi bilan ajralib turardi. Aytish kerakki, 12 yashar Riuning bo‘yi 213 sm.ni tashkil etadi. Shu sababdan u har doim raqib jamoalariga muammo tug‘dirib kelmoqda.
U oltinchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘yinda ishtirok etdi. Gap shundaki, bu o‘yinda savatcha 2,5 metr balandlikda o‘rnatilgan edi. Videoni ko‘rgan sport jurnalistlari shunday qarorga kelishdi – “Bu – nohaqlik”. Chunki yigitcha deyarli bo‘yi qatori bo‘lgan savatchaga hatto sakramasdan to‘p kiritar edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar