
JCh-2018 musobaqasi "F" guruhi 2-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Janubiy Koreya hamda Meksika terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Rostov Arena” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Meksika futbolchilari g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuv Meksika terma jamoasining ustunligida boshlandi va bu bo‘lim o‘rtasiga kelib hisobda aks etdi. 26-daqiqada koreyalik futbolchi o‘z jarima maydonida qo‘l bilan o‘ynadi va belgilangan penaltini Vela golga aylantirdi.
66-daqiqada Xaver Ernandes jamoasining tezkor hujumini muvaffaqiyatli yakunlab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Son Hin Min jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba yo‘llab hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa, Meksika ikkinchi turda ham g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarini 6 taga yetkazgan holda guruh peshqadamiga aylandi. Ushbu uchrashuvning eng qiziqarli vaziyatlari va urilgan gollarni quyidagi HAVOLA orqali tomosha qilishingiz mumkin.
JCh-2018
"G" guruhi
Janubiy Koreya – Meksika 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 26, penalti Vela, 0:2 – 66 Ernandes, 1:2 – 90+2 Son Hin Min.
Janubiy Koreya – Cho Xyon U, Kim Yen Gvon, Chjan Xen Su, Li Yon, Mun Son Min (Chon U Yon, 77), Kim Min U (Xon Chol, 84), Ki Son Yen, Chu Se Chon (Li Shin U, 64), Li Che Son, Xvan Xi Chhan, Son Hin Min.
Meksika – Ochoa, Moreno, Salsedo, Alvares, Layyun, Errera, Galyardo, Vela (dos Santos, 77), Guardado (Markes, 68), Losano (Korona, 71), Ernandes.
Ogohlantirishlar: Kim Yon Gvon (58), Li Yon (63), Li Shin U (72), Chon U Yon (80).
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar