“Go‘yoki o‘limini sezgandek...” Jizzaxlik blogerning videosi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)

“Go‘yoki o‘limini sezgandek...” Jizzaxlik blogerning videosi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)
Qisqacha

Jizzaxlik 21 yoshli bloger Orzigul Urazmatova 4 avgustdan 5 avgustga o‘tar kechasi Jizzax shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning vafotidan oldin hazilomuz tarzda o‘limi haqida gapirgan videosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar bu so‘zlarni turlicha talqin qilib, ayrimlari o‘limni oldindan sezish mumkinligini aytgan, boshqalari esa buni tasodif yoki hazil deb baholagan.

Jizzaxlik 21 yoshli bloger Orzigul Urazmatovaning 4 avgustdan 5 avgustga o‘tar kechasi Jizzax shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda blogerning hayotining so‘nggi kunlariga oid turli videolar keng tarqala boshladi. Ulardan birida Orzigul kafelardan birida o‘tirgan paytda hazilomuz ohangda: “Mobodo o‘lsam, shu videoni qo‘yarsan. Hozir o‘limimni eslayapman. O‘lsam meni million odam tanisa kerak, vaynlarim yanada mashhur bo‘lsa kerak”, deya gapirayotgani aks etgan.

Mazkur video qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, foydalanuvchilar orasida turli fikr va taxminlarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar inson o‘z o‘limini oldindan sezishi mumkinligini yozayotgan bo‘lsa, boshqalar bu so‘zlarni tasodif yoki oddiy hazil sifatida baholamoqda. Yana ayrim foydalanuvchilar esa blogerning avtomobil davlat raqamidagi sonlarni uning vafot etgan sanasi bilan bog‘lashga urinmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Orzigul Urazmatova boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib, daraxtga urilgan. Aytilishicha, haydovchi rul boshqaruvida video tasvirga olishga chalg‘igani oqibatida avtomobil ustidan nazoratni yo‘qotgan.

Bloger og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun zarur tibbiy yordam ko‘rsatgan bo‘lsa-da, afsuski, Orzigul Urazmatovani qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar