23:18 / 26.06.2018
4 664

Marokash murabbiyi: "Hakamlik borasida faqat bitta savolimiz bor"

Марокаш мураббийи: "Ҳакамлик борасида фақат битта саволимиз бор"
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Erve Renar JCh-2018 guruh bosiqichi doirasida Ispaniyaga (2:2) qarish kechgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan bahsdagi hakamlik borasida fikr bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz ushbu o‘yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib bordi.

“Sariq kartochkalarga keladigan bo‘lsak, o‘ylashimcha, biz bir qator qo‘polliklarga yo‘l qo‘ydik, ularning ba’zilariga loyiq edik. Ammo hammasiga emas.

Pike ikkita oyog‘i bilan tashlangan vaziyatda kartochka ko‘rsatilmaganidan ajablandik.

Men va o‘yinchilarimni qiziqtirayotgan yagona savol bor: ikkinchi goldagi vaziyatda to‘p chiziqni kesib o‘tganmidi? Agar kesib o‘tgan bo‘lsa, unda bu katta xato.

Ofsaydning bekor qilinishi borasida e’tirozimiz yo‘q, ammo hakamlar to‘p chiqib ketgan yoki maydonda qolgani haqida bizga tushuntirish bermadilar”, – deydi Renar.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marokash murabbiyi: "Hakamlik borasida faqat bitta savolimiz bor"