
Marokash futbol federatsiyasi FIFA prezidenti Janni Infantinoga maktub yo‘llab, unda JCH-2018 guruh bosqichining Ispaniya va Portugaliyaga qarshi kechgan 2- va 3-tur o‘yinlarini boshqargan hakamlar faoliyatiga salbiy baho berdi.
“V” guruhida 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qolgan marokashliklarning maktubidagi shikoyatlar VAR videokuzatuv tizimi tahlillari orqali asoslantirilgan. Xatda hakamlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar ro‘yxati ham keltirib o‘tilgan.


Eslatib o‘tamiz, Portugaliya – Marokash (1:0) uchrashuvini amerikalik referi Mark Geyger, Ispaniya – Marokash (2:2) bahsini hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar