
Panama hamda Tunis terma jamoalarining uchrashuvi bilan futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining guruh bosqich bellashuvlariga yakun yasaldi.
Qiziqarli kechgan bahsda afrikalik futbolchilar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, uylariga 3 ochko bilan qaytadigan bo‘lishdi. Garchi ilk golni panamaliklar kiritgan bo‘lsa ham, Tunis vakillari undan keyin 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi.
Panama – Tunis 1:2
Gollar: Meria 33 (avtogol)' – Ben Yusuf 51', Xazri 66'
Panama – Penedo, Torres, Ovalye, Machado, Eskobar, Barsenas, Avila, Godoy, Gomes, Rodriges, Torres.
Tunis – Matluti, Bedui, Xaddadi, Naggez, Merya, Sassi, Skiri, Sliti, Shalali, Xazri, Ben-Yussef. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar