21:01 / 30.06.2018
4 236

JCH-2018. Fransiya chorak finalda, hisob 4:3 (video)

ЖЧ-2018. Франция чорак финалда, ҳисоб 4:3 (видео)
JCH-2018 musobaqasi 1/8 finalidan o‘rin olgan Fransiya hamda Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Kazan Arena”da bo‘lib o‘tgan bahsda Yevropa vakillarining qo‘li baland keldi.

Uchrashuv debyuti fransuzlarga omadli keldi, maydon markazidan tezlik olgan Kilian Mbappe raqib jarima maydoni ichida to‘xtatildi. Natijada belgilangan penaltini Antuan Grizmann aniq bajarib, hisobni ochdi.

Birinchi bo‘lim tugashi arafasida Anxel Di Mariya jarima maydoni tashqarisida ajoyib zarba yo‘llab raqib darvozasini aniq nishonga oldi va muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim debyutini Argentina faol boshali va bu o‘z samarasini berdi: standart vaziyatdan so‘ng Lionel Messi jarima maydoni ichida zarba berdi va bu Gabriel Merkadoga tegib darvozadan joy oldi.

Bu gol Fransiyani uyg‘otib yubordi va tashabbus butkul Yevropa vakillariga o‘tdi. 57-daqiqada Benjamen Pavar jarima maydonidan qaytgan to‘pga to‘xtatmasdan zarba berdi va turnirning chiroyli gollaridan biriga muallif bo‘ldi.

64-daqiqada Lukas Ernandes to‘pni jarima maydoni ichiga tashlab berdi, u yerda Mbappe yaqin masofadan aniq zarba berib jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tar-o‘tmas Fransiya qarshi hujumda raqibni jazoladi, Blez Matyuidi boshlagan hujumni Olivye Jiru davom ettirgan holda Mbappeni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga olib chiqdi va Kilian o‘yindagi dublini nishonladi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Serxio Aguero Messining uzatmasidan so‘ng hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi, biroq qolgan vaqt hisobni qisqartirishga yetmadi.

Shu tariqa, Fransiya ushbu g‘alabadan so‘ng chorak finalga yo‘l oldi, Argentina esa turnirni tark etdi. Ushbu uchrashuvning eng qiziqarli vaziyatlari va urilgan gollarni quyidagi HAVOLA orqali tomosha qilishingiz mumkin.

JCH-2018
1/8 final

Fransiya – Argentina 4:3 (1:1, 3:2)

Gollar:
1:0 – 13, penalti Grizmann, 1:1 – 41 Di Mariya, 1:2 – 48 Merkado, 2:2 – 57 Pavar, 3:2 – 64 Mbappe, 4:2 – 68 Mbappe, 4:3 – 90 Aguero.

Fransiya – Loris, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Pavar, Matyuidi (Tolisso, 75), Pogba, Kante, Jiru, Grizmann (Fekir, 83), Mbappe (Toven, 89).

Argentina – Armani, Maskerano, Otamendi, Merkado, Roxo (Fasio, 46), Talyafiko, Di Mariya, Banega, Peres (Aguero, 66), Pavon (Mesa, 75), Messi.

Ogohlantirishlar: Roxo (11), Talyafiko (19), Maskerano (43), Banega (50), Matyuidi (72), Pavar (73), Otamendi (90), Jiru (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2018. Fransiya chorak finalda, hisob 4:3 (video)