Shvetsiya termasi Shveytsariyani mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi

Shvetsiya termasi Shveytsariyani mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi
JCH-2018 musobaqasi 1/8 finalidan o‘rin olgan Shvetsiya hamda Shveytsariya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Sankt-Peterburg Arena”da bo‘lib o‘tgan bahsda shvedlarning qo‘li baland keldi.

O‘yin teng kurashlar ostida boshlandi, biroq shvedlarning hujumlari mazmunliroq va xavfliroq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim ham shunday tarzda boshlandi va bu tez orada o‘z samarasini berdi.

66-daqiqada Emil Forsbergning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasi himoyachiga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi. Bu gol o‘yin taqdirini hal qildi va Shvetsiya chorak finalga yo‘l oldi.

JCH-2018
1/8 final

Shvetsiya – Shveytsariya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol:
1:0 – 66 Forsberg.

Shvetsiya – Olsen, Lyustig (Kraft, 82), Lindelef, Grankvist, Augustinsson, Klasson, Svensson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 82), Berg (Telin, 90), Toyvonen.

Shveytsariya – Zommer, Lang, Djuru, Akandji, Rodriges, Bexrami, Djaka, Shakiri, Djemaili (Seferovich, 73), Suber (Embolo, 73), Drmich.

Ogohlantirishlar: Lyustig (31), Bexrami (61), Djaka (68).

Chetlatish: Lang (90).

Manba: www.uff.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar