Superliga 19-tur o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi No‘’mon Hasanov va Quvondiq Ro‘ziyev qatnashishdi.
No‘’mon Hasanov: Bugun o‘yin kurashlarga boy tarzda bo‘ldi. Ancha asabiy o‘yin bo‘ldi. Agar biroz ehtiroslarga berilgan bo‘lsak uzr so‘rayman. Futbolchilarimizga katta rahmat, ular maydonda borlarini berib o‘ynashdi. Uchta hujumchi bilan o‘yinni boshladik. Birinchi bo‘limda omadimiz kelmadi. To‘p bir necha marta ustunga tegdi. Keyin jarimadan to‘p o‘tkazib yubordik. Lekin baribir o‘z maqsadimizga erishdik. G‘alabada muxlislarning hissasi ham katta bo‘ldi. Ularga chuqur minnatdorligimni bildiraman.
Javohir Sidiqovda kichik jarohat bor edi. Shuning uchun uni asrash maqsadida zaxirada qoldirgandim. Ammo uni maydonga tushirishga majbur bo‘ldik.
Tartib-intizom bo‘yicha jiddiy ish olib boramiz. Biz bejizga o‘tgan yili feyr-pley sovrinini olmagandik. Bu mavsum chempionat Superligaga aylangach o‘yinlar shiddati oshdi hamda ko‘p o‘yinlar asabiy tarzda o‘tmoqda.
Quvondiq Ro‘ziyev:
- Uchrashuv qiyin kechdi. Har bir ochko uchun kurash kechmoqda. Bugungi g‘alabadan keyin oltilikka kirish imkoniyatimiz oshdi. “Nasaf”dagi omadsiz o‘yindan keyin bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Raqib darvozasiga urgan golimni onamga bag‘ishlayman. Bugun onamni tug‘ilgan kunlari. Onajon – men sizni yaxshi ko‘raman!
Manba: kokand1912.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi