
«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Superkubogida «Chelsi»ga qarshi o‘yindan oldin londonliklar ustozi Mauritsio Sarri haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Birinchi navbatda shuni aytmoqchimanki, APLda yuqori saviyali murabbiy paydo bo‘lganidan xursandman. Men undan ko‘p narsa o‘rgansam bo‘ladi. Va har bir uik-endda o‘rganaman ham. Ishonchim komilki, biz Angliyadagi murabbiylar uning fikrlari evaziga yanada kuchli bo‘lamiz. Men «Chelsi» klubining mavsumoldi uch o‘yinini ko‘rdim, jamoa Sarri istaganday o‘ynashni o‘rgandi.
Albatta, ba’zi bir kamchiliklar uchun biroz vaqt ketadi, lekin uning fikrlari ishlamoqda. Aminmanki, bizning «Chelsi» klubi bilan o‘yinimiz juda ham qiziqarli bo‘ladi. «Chelsi» - bizning jamoa uchun prinsipial raqib, bu Antonio Konte paytida ham bor edi va Sarri boshchiligida ham qoladi.
O‘ylaymanki, Sarrining o‘yin uslubi angliya futboliga juda ham mos keladi. Uning bu yerga kelganidan xursandman», - Gvardiola Sky Sport nashriga.
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar