
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 3 avgustdan boshlab Osiyo o‘yinlariga so‘nggi tayyorgarlik doirasida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi.
Kecha olimpiyachilarimiz "Metallurg" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi ham o‘tkazishdi. Futbolchilarni muhim musobaqa oldidan jarohat olishdan asrash maqsadida nazorat uchrashuvida ehtiyotkorlikka ahamiyat qaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. O‘yin "Metallurg"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Uchrashuvda Ravshan Haydarov yig‘inga jalb qilingan barcha futbolchilar xizmatidan foydalandi.
Bugun soat 21:00 da terma jamoamiz a’zolari Indoneziyaga yo‘l olishadi. Undan avval esa soat 11:00 da "Miran" mehmonxonasida bosh murabbiy Ravshan Haydarov bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.
Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha musobaqasiga 14 avgust kuni start beriladi. Terma jamoamizning Osiyo o‘yinlaridagi taqvimi:
14 avgust
1-tur:
O‘zbekiston – Bangladesh
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 14:00
16 avgust
2-tur:
Qatar – O‘zbekiston
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00
19 avgust
3-tur:
Tailand – O‘zbekiston
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00
Izoh: O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar