
Rossiyalik jangchi Aleksandr Yemelyanenko va amerikalik Toni Jonson o‘rtasidagi kechgan jang durang bilan yakunlandi. Bu to‘qnashuv Moskvada WFCA (World Fighting Championship Akhmat) promousheni doirasida o‘tkazilgan 50-turnirda bo‘lib o‘tdi.
Uch raund yakunlariga ko‘ra, hakamlar – 29:28 (Jonson), 29:29, 29:29 hisoblarini qayd etishib, durang hisoblashdi.
Jangdan so‘ng 37 yoshli sportchiga tibbiy yordam ko‘rsatilib, “tez tibbiy yordam” mashinasida shifoxonaga jo‘natildi. Ma’lum bo‘lishicha, u yuzidan jiddiy jarohat olganligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yemelyanenko 2016 yil qamoqdan chiqqanidan so‘ng 6 jang o‘tkazib, ularning beshtasida g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar