12:27 / 06.09.2018
2 587

Manjukich “Yuventus”ning asosiy quroli boʻladimi?

Manjukich “Yuventus”ning asosiy quroli boʻladimi?
Besh karra “Oltin toʻp” sohibi A Seriyadagi birinchi golini urishga harakat qilayotgan bir paytda xorvatiyalik sherigi klubning asosiy toʻpurariga aylanmoqda. U “Parma”ga qarshi uchrashuvda ham buni isbotladi.

Mario Mandjukichning “Yuventus”dagi kelajagi Krishtianu Ronaldu kelguniga qadar ham noaniq edi.

Oʻtgan aprelda “byankonerilar” mutasaddilari veteran hujumchi jamoani tark etishni istamasa, tezroq oʻz oʻyinini qayta topib olishi zarurligini aytgandi. Oʻsha vaqtdayoq unga Xitoydan ikkita “yogʻli” taklif kelib tushgandi. Kamiga, Premyer Liga va La Ligadan ham jiddiy takliflar tushdi.

Shunga qaramay, uning Xorvatiya bilan Jahon Chempionati finaligacha yetib kelishi tufayli “keksa sinora” uni tarkibda olib qolishga qaror qildi.

U qolib jamoani yulduz hujumchisi – Gonsalo Iguain tark etdi. Argentinalik hujumchi Chempionlar Ligasida klubning asosiy hujum uchligi Ronaldu, Paulo Dibala va Duglas Kostalar ilk daqiqalardan maydonga tushishini kuzatishni istamadi, chogʻi.

Mandjukichjda esa boshqa rejalari bor edi, shekilli. Ronalduning jamoaga kelishi bilan 32 yoshli hujumchi Rossiyada koʻrsatgan qahramonligini klubda ham davom ettirishga kirishib ketdi.

Mavsumoldi yigʻinlardan birida kameralar u va Leonardo Bonuchchiga qaratilganida, xorvatiyalik futbolchi “videoga tushishni vaqti emas, ishlash kerak” deya jiddiy ohangda gapirdi.

Bu oʻsha biz bilgan oldingi Mandjukich edi. “Yuve”ning “Kyevo”ga qarshi birinchi turdagi oʻyinda aynan uning zaxiradan tushishi va Bernardeski bilan hamkorligi jamoasi foydasiga oʻyinni oʻzgartirib yuborgan edi.

U keyingi turda “Latsio”ga qarshi ilk daqiqalardan maydonga tushish xuquqini qoʻlga kiritdi va buni koʻkka sovurmadi. U mavsumdagi gollari sonini ochdi. Ronalduning zarbasidan keyin qaytgan toʻpni darvozaga yoʻllab qoʻydi.

U buni shanba oqshomida “Parma”ga qarshi uchrashuvda ham davom ettirdi. Mandjukich havodagi kurashda yengib chiqib raqib darvozasini ishgʻol qildi.

Jamoaga gʻalaba toʻpini esa Blez Matyuidi kiritdi. Fransiyalik futbolchi muhim uchrashuvda jamoasining gʻalabasiga katta hissa qoʻshdi.

Bu gaprlarni Ronaldu haqida aytsak ham boʻladi. U A Seriyaning ikki turida gol ura olmagan boʻlsada, ushbu bellashuvlarda oʻzining munosib hissasini qoʻshdi.

Biroq u A Seriyadagi gollari reytingini ochishga qiynalmoqda. Shu sababli Massimiliano Allegri yangi yulduz shogirdidan maksimal foydalanish uchun yangi-yangi gʻoyalarni oʻylab oʻtirgan boʻlsa ajab emas. Bundan bittasi kecha sodir boʻldi. Paulo Dibala va Duglas Kosta uchrashuvni zaxiradan boshladi.

“Yuventus” yangi mavsumda ajoyib startni boshladi. Biroq tarkibda kamchiliklar yetarlicha. Jamoalar xalqaro tanaffusga chiqishdan oldin yagona fakt shuki Mandjukich tarkibining birinchi raqamli hujumchisi boʻladi.

Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ning yulduz futbolchi boʻlishi mumkin, biroq ayni vaqtda Mario jamoaning yetakchi futbolchisi hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)