16:57 / 10.09.2018
3 760

Ektor Kuper: “Muxlislardan yana bir oz sabr soʻrayman”

Эктор Купер: "Мухлислардан яна бир оз сабр сўрайман"
Xabaringiz bor ertaga Oʻzbekiston terma jamoasi “Milliy” stadionida Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu oʻyin oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanning ikkinchi qismida terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper va Otabek Shukurovlar ishtirok etishdi va oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Ektor Kuper: Ertaga men ikkinchi oʻyinda jamoani maydonga olib tushaman. Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtishni istardimki, bu oʻyin ham biz uchun sinov boʻladi. Ertaga yangi futbolchilar ham maydonga tushishadi. Eron terma jamoasi juda ham jiddiy jamoa. Karlush Keyrush Eronni yaxshi shakllantirgan. Men ertaga futbolchilardan jamoaviy oʻyinni talab qilaman. Va koʻrsatmalarimga qanchalik amal qilishlariga ham eʼtiborimni qarataman. Bir narsaga aniqlik kiritishni istayman. Biz birinchi oʻyinda himoyani sinab koʻrgan boʻlsak ham keyingi oʻyinda faqat xujumni sinaymiz degani emas. Men murabbiy sifatida himoya mudofaa chizigʻidagi xatolarni minimal darajaga tushurishni istayman. Himoya sifatli boʻlsa hujum ham shunga monand boʻladi. FIFA reytingida Oʻzbekiston 95 oʻrinda boʻlsa, Eron 35 oʻrinda turibdi. Buni ham hisobga olishingizni soʻrayman. Legionerlarimiz jamoaga yaqindagina kelib qoʻshilishdi va ularni ham men hali toʻliq oʻrganishimga vaqt kerak. Eron bilan oʻyinda Suriya bilan boʻlgan oʻyinga nisbatan oʻsish boʻlishiga umid qilaman.

Otabek Shukurov: Ertangi oʻyinda biz muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Penaltini kim tepishidan qatʼiy nazar asosiysi jamoaga manfaat kelsa boʻldi. Biz doim bitta jamoa yaʼni bir butun oila kabi bir birimizni hurmat qilamiz.

Ektor Kuper: Men penalti masalasiga oydinlik kiritmoqchiman. Penaltini kim tepishini men hal qilaman. Marat Bikmayevmi Otabek Shukurovmi mening koʻrsatmamga amal qilishi shart. Men Maratga penalti boʻlsa sen tepasan deb aytganman va buni oʻsha vaziyatda futbolchilar bilmasdi. Bu vaziyat sizlarga tushunmovchilik boʻlib tuyulgan boʻlsada aslida unday emas. Jamoada 2-3 tadan bir xil ismli futbolchilar bor. Boshida ozgina qiyinchilik boʻlsada hozir pozitsiyalari bilan ajrata olaman. Men Oʻzbekistonga kelishimdan oldin ularni familiya boʻyicha yodlagan edim. Ismoilov yoki Krimes deb. Lekin bu yerda ismi bilan chaqirilar ekan. Anzur yoki Yegor deb.

Jamoa sardori boʻlish uchun barchada imkoniyat bor. Kimgadir sen sardor boʻlasan desam unda xohish boʻlmasligi mumkin. Shu sabab bu jarayon tabiiy boʻlishi lozim. Muxlislardan yana bir oz sabr soʻrayman. Vaqt oʻtgach hammasi oʻz oʻrniga tushadi. Har bir muxlis terma jamoamiz jahon chempionatida ishtirok etishini xohlaydi. Despasito qoʻshigʻida aytilganidek hammasi sekin-sekin amalga oshadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper: “Muxlislardan yana bir oz sabr soʻrayman”