
Pepsi Superligasi 23-turidan oʻrin olgan “Bunyodkor” - “Buxoro” uchrashuvidan soʻng oʻtkazilgan matbuot anjumanida buxoroliklar ustozi Ulugʻbek Baqoyev uchrashuv borasidagi oʻz fikr va mulohazalirini bildirib oʻtdi.
"Bugun “Bunyodkor” jamoasi bizni barcha jabhada magʻlub etdi va haqli gʻalaba qozondi. Ayniqsa, birinchi boʻlimda qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻydik va gollar oʻtkazib yubordik. Raqibni gʻalaba bilan tabriklayman. Zero ular bugun bizdan koʻra tezkorroq oʻyin namoyish etishdi.
Jamoa yutqazsa, ayb murabbiy gardaniga tushadi. Demak, bugungi magʻlubiyatimizdagi ayb mening zimmamda", - deb Baqoyevning soʻzlarini keltirib oʻtdi PFL matbuot xizmati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar