Maktab to‘garagiga bormagan bolasini urgan ona qamaldi

Sirdaryo viloyatida 10 yoshli farzandini maktab to'garagiga bormagani uchun kiyim ilgich bilan urgan ayolga 3 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi. Jinoyat ishlari bo'yicha Sardoba tumani sudi ayolni Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 59-2-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi. Sud-tibbiy ekspertiza bolada sog'lig'ining qisqa muddat buzilishiga sabab bo'lmagan yengil tan jarohatlari borligini aniqladi.
Sirdaryo viloyatida 10 yoshli farzandini maktab to‘garagiga bormagani uchun jazolagan ayol ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol farzandining to‘garak o‘rniga ko‘chada o‘ynab yurganini ko‘rib, jahli chiqqan. Shundan so‘ng u qo‘lidagi kiyim ilgich bilan bolaning boshi va tanasining turli joylariga bir necha marta urgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bola sog‘lig‘ining qisqa muddat buzilishiga sabab bo‘lmagan yengil tan jarohatlari olgan.
Jabrlanuvchining qonuniy vakili hisoblangan otasi voqeadan ishdan qaytgach xabar topganini bildirgan. U turmush o‘rtog‘iga nisbatan da’vosi yo‘qligini, oila tinchligini saqlab qolishni istashini aytib, suddan unga nisbatan yengilroq chora ko‘rishni so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tumani sudi ayolni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi. Sud qaroriga ko‘ra, unga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shu bilan birga, ayolga kelgusida bu kabi holatlar yana takrorlansa, unga nisbatan jinoiy javobgarlik choralari qo‘llanishi mumkinligi haqida rasmiy ogohlantirish berildi.






























Izohlar 0
…