SpaceX va NVIDIA sunʼiy intellekt sunʼiy yoʻldoshlarini yaratadi

SpaceX NVIDIA bilan sun'iy intellekt vazifalarini bajarishga mo'ljallangan Starmind AI1 orbital ma'lumotlar markazi sun'iy yo'ldoshini yaratish bo'yicha hamkorlik qiladi. Yangi sun'iy yo'ldoshlar NVIDIA Rubin grafik protsessorlari va NVIDIA Vera markaziy protsessorlari bilan jihozlanadi, ilk prototipni sinovdan o'tkazish esa 2027-yil boshiga rejalashtirilgan.
Aerokosmik gigant SpaceX kompaniyasi sunʼiy intellekt vazifalarini bajarishga moʻljallangan orbital maʼlumotlar markazi — Starmind AI1 sunʼiy yoʻldoshini yaratish boʻyicha NVIDIA bilan hamkorlik qilishini eʼlon qildi. Ushbu loyiha kosmosda ilgʻor hisoblash quvvatlarini joylashtirish yoʻlidagi muhim qadam boʻlib, kelgusida koinot tadqiqotlari va maʼlumotlarni qayta ishlash jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Interesting Engineering nashri maʼlumotiga koʻra, yangi avlod sunʼiy yoʻldoshlarining har biri NVIDIA Rubin grafik protsessorlari (GPU) va NVIDIA Vera markaziy protsessorlari (CPU) bilan jihozlanadi. Bu SpaceX tomonidan loyihaning apparat konfiguratsiyasi rasman oshkor qilinishi boʻlib, mutaxassislar eʼtiborini oʻziga tortdi.
Elon Musk va NVIDIA texnologiyalariga ustuvorlik
Loyihaning texnik asoslari va kelgusidagi rejalar haqida gapirar ekan, SpaceX rahbari Elon Musk kompaniya oʻzining barcha sunʼiy intellekt infratuzilmasini faqatgina NVIDIA uskunalari negizida qurishga qaror qilganini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, kompaniya Vera Rubin meʼmorchiligini hozirgi kundagi eng yaxshi yechim deb hisoblaydi.Shuningdek, II chorakdagi hisobot davomida Elon Musk 2027-yil oxiriga borib kompaniya oʻz infratuzilmasining umumiy hisoblash quvvatini 10 GW ga yetkazishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi. Biroq, taʼkidlanishicha, bu koʻrsatkich faqat sunʼiy yoʻldosh guruhiga emas, balki butun kompaniyaning hisoblash infratuzilmasiga taalluqlidir.
Sinov va ishlab chiqarish muddatlari
Manbaga koʻra, Starmind AI1 loyihasining ilk prototipini sinovdan oʻtkazish 2027-yil boshiga moʻljallangan. Agar barcha ishlar belgilangan jadval asosida kessa, shu yilning oʻzidayoq seriyali ishlab chiqarish jarayonlarini boshlash koʻzda tutilgan.Shunga qaramay, hozircha SpaceX tizimga nechta sunʼiy yoʻldosh kirishi, ular orbitada qanday hisoblash unumdorligini taʼminlashi hamda zarur ruxsatnomalarni olish bosqichi qanday ketayotgani haqida maʼlumot bermadi. Loyiha muvaffaqiyati koʻp jihatdan kosmik sharoitdagi texnik muammolarni qanday hal etilishiga bogʻliq.
Orbital hisoblash tizimlarining oʻziga xos murakkabliklari
Kosmik fazoda ishlaydigan hisoblash tizimlari qattiq nurlanish sharoitida faoliyat yuritishi, vakuumda issiqlikni samarali chiqarib yuborishi va barqaror elektr taʼminotiga ega boʻlishi shart. Shuningdek, bunday qurilmalar muntazam texnik xizmat koʻrsatish imkoniyatisiz nosozliklardan oʻzini tiklashi hamda yuqori tezlikdagi maʼlumotlar almashinuvini qoʻllab-quvvatlashi talab etiladi.Hozircha SpaceX maʼlumotlarni saqlash meʼmorchiligi, tarmoq tashkil etilishi va kelgusi sunʼiy yoʻldoshlarning aniq unumdorlik koʻrsatkichlarini sir saqlamoqda. Biroq tanlangan NVIDIA platformasi loyihaning mustahkam apparat poydevorini belgilab bergani aniq.






























Izohlar 0
…