date
views 3 863

Sarri: “Manchester Siti” va “Liverpul” hozir “Chelsi”dan kuchli

Sarri: “Manchester Siti” va “Liverpul” hozir “Chelsi”dan kuchli
“Chelsi” klubining bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Angliya chempionati 5-turida “Kardiff” ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng musobaqadagi raqobatchilari haqida fikr bildirib oʻtdi.

“Biz yana ham kuchli boʻlishimiz mumkin. Mening maqsadim – «Chelsi” klubini Angliyadagi eng kuchli jamoa qilish. Mening fikrimcha, hozirda “Manchester Siti” va “Liverpul” klublari bizdan kuchli», - deydi Sarri oʻyindan keyin.

Premyer-liganing ilk 5 turidan soʻng “Chelsi” maksimal 15 ochko jamgʻarishgan va “Liverpul” klubi bilan peshqadamlik qilmoqda. Ularning ortida 13 ochko bilan “Manchester Siti” klubi taʼqib qilmoqda.

Manba: www.uff.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sarri: “Manchester Siti” va “Liverpul” hozir “Chelsi”dan kuchli