«Fyuri talab qildi, men rozi bo‘ldim»: Joshua jang posteridagi bahsli holat sirini ochdi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi jang posterida kimning ismi birinchi yozilishi borasida tortishuvlar davom etmoqda.
- Entoni Joshuaning so'zlariga ko'ra, jang bekor bo'lmasligi uchun u Fyurining ismini birinchi yozishga rozi bo'lgan.
- Tayson Fyuri esa Joshuani yolg'on gapirganlikda va jangdan qochishga uringanlikda aybladi.
- Ushbu uzoq kutilgan jang 11 dekabr kuni Kardiffda bo'lib o'tadi.
Super og‘ir vazn toifasida yilning eng kutilgan to‘qnashuvi — Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi jang atrofida psixologik urush avjiga chiqdi. Britaniyalik sobiq chempion Entoni Joshua rasmiy anonsda nega Fyurining ismi birinchi qo‘yilganiga izoh berdi, Tayson esa bunga darhol javob qaytardi.
Britaniya derbisi oldidan bokschilar o‘rtasidagi tortishuvlar hatto rasmiy posterdagi ismlar ketma-ketligi ustida ham davom etmoqda.
«Jang bekor bo‘lmasin deb rozi bo‘ldim» — Joshuaning izohi
Entoni Joshuaning so‘zlariga ko‘ra, raqib tomon shartnoma imzolanishi uchun aynan «Fyuri» nomi birinchi ko‘rsatilishini qat’iy talab qilgan:
«Mendan: «Fyurining ismi birinchi yozilishiga qarshi emasmisan? Chunki agar shunday bo‘lmasa, u shartnomani imzolashga tayyor emas», deb so‘rashdi. Men esa: «Bu jang yana barbod bo‘lishini istamayman», deb javob berdim», — dedi Joshua.
Shu tariqa, Eyjey muxlislar yillar davomida kutgan jang tashkil etilishi uchun o‘z ambitsiyalarini bir chetga surib, raqibining shartiga ko‘nganini ma’lum qildi.
«Yolg‘on! Kichik qizlardek yig‘ladingiz» — Fyuridan keskin javob
«Lo‘lilar qiroli» laqabli Tayson Fyuri Joshuaning bu bayonotini odatdagidek keskin va kinoyali tarzda rad etdi:
«Yolg‘on! Sahna ortida sizlar kichik qizlardek: «Menga bu kerak, menga u kerak», deb yig‘ladingiz. Bu jangdan qochish uchun qo‘lingizdan kelgan barcha ishni qildingiz. Barcha mumkin bo‘lgan bahonalardan foydalanishga urindingiz», — deya munosabat bildirdi Fyuri.
Ma’lumot o‘rnida, uzoq kutilgan tarixiy bahs 11 dekabr kuni Uels poytaxti Kardiff shahrida bo‘lib o‘tadi.































Izohlar 0
…