17:30 / 07.10.2018
3 742

Andrey Kanchelskis “Navbahor”ning yangi murabbiyi sifatida tanishtirildi (foto)

Andrey Kanchelskis “Navbahor”ning yangi murabbiyi sifatida tanishtirildi (foto)
Bugun, 7 oktyabr kuni Namangandagi “Markaziy” oʻyingohda Namanganning “Navbahor” klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Andrey Kanchelskisning taqdimot marosimi oʻtkazildi.

“Sports.uz” nashri xabariga koʻra, tadbirda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov jamoaga yangi bosh murabbiy Andrey Kanchelskisni tanishtirgan va unga toʻn kiydirilgan.

Foto: PCF “Navbahor”

Hozircha “Navbahor” klubi va murabbiy oʻrtasidagi kelishuvning boshqa jihatlari maʼlum emas.

Shuningdek, avvalgi bosh murabbiy Ilhom Moʻminjonovning isteʼfosi boʻyicha izoh berilmagan.

Ayni vaqtda “Navbahor” Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi bosqichda chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar qatorida boʻlib, 21 ochko bilan uchinchi oʻrinda joylashgan. Jamoa birinchi oʻrinda ketayotgan “Lokomotiv”dan 6 ochko, ikkinchi oʻrindagi “Paxtakor”dan esa 3 ochko ortda bormoqda.

Maʼlumot uchun, Andrey Kanchelskis 1991-1995 yillarda “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. Murabbiylik faoliyatida “Torpedo ZIL”, “Ufa”, “Volga NN”, “Yurmala” va “Solyaris” klublarini boshqargan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis “Navbahor”ning yangi murabbiyi sifatida tanishtirildi (foto)