«Chelsi» o‘z vingeri Eden Azarni «Real»ga o‘tishiga qarshilik qilmasligi mumkin. Buning uchun madridliklar londonliklar qo‘ygan shartga ko‘nishi lozim bo‘ladi, deb ma’lum qiladi Sunday Express'ga tayanib "Kun" nashri.
Nashrning aniqlashicha, «aristokratlar» rahbariyati belgiyalik a’zosining «qirollik klubi»ga o‘tish istagi borligini yaxshi tushunib turgani boisidan barcha uchun maqbul yechim topishga urinmoqda. Variantlardan biri sifatida Azarni «Real» hujumchisi Garet Beylga almashtirish ehtimoli ko‘rib chiqilyapti.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Azar jurnalistlar bilan suhbatda «Real»ga o‘tish uning orzusi ekanini ochiq aytgan edi.
«O‘zim uchun yaxshiroq qarorga kelishni istayman, ammo klubga zarar yetishini xohlamayman, chunki «Chelsi» menga hamma narsani berdi. «Ha, yangi shartnoma imzolayman», deya olmayman. Shunday ekan, nima bo‘lishini ko‘ramiz», - deya ta’kidlagan edi Eden Azar.
«Xayolimda, ba’zan o‘ylarimda ertalab uyg‘onib, ketishni istashim haqida o‘ylab qolaman. Ba’zida esa qolishni xohlayman. Bu – qiyin qaror. Bu – mening kelajagim. Men 27 yoshdaman, yanvarda 28 ga to‘laman», - deya qo‘shimcha qilgandi belgiyalik vinger.
Ma’lumot uchun, «Chelsi»ning Azar bilan shartnomasi 2020 yilgacha, «Real»ning Beyl bilan kelishuvi 2022 yilgacha mo‘ljallab tuzilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Zidan Azarni “Real”ga oʻtishga koʻndirdi

“Real” Azarni sotib olish uchun “Chelsi”ga taklif yubordi

“Real” va Azar kelishib olishdi

Sarri faqat bir shart bilan Azarni "Real"ga qo‘yib yuborishini aytdi

Abramovich Azarni “Real”ga sotishga rozi, faqat...

Yaqin kelajakda supertransfer amalga oshishi mumkin. «Real» Eden Azarni sotib oladi!