20:24 / 18.10.2018
4 061

Professional bokschimiz Elnur Abduraimov bugun ringga chiqadi

Professional bokschimiz Elnur Abduraimov bugun ringga chiqadi
Professional boksda - 58,96 kg vazn toifasida ringga chiqayotgan Elnur Abduraimovning ikkinchi jangi amerikalik Jovanni Gonsalesga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda sportchining vakili «Xalq so‘zi»ga ma’lum qilgan.

Oldinroq Abduraimovning ikkinchi raqibi asli argentinalik bo‘lgan Xose Salinas bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo jang bo‘lib o‘tishiga ikki kun qolganida, Salinas bu jangda ishtirok etishdan bosh tortgan. Hozircha uning nima sababdan bu jangga chiqmagani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Shundan so‘ng Abduraimovning murabbiylari tezda boshqa raqiblar bilan aloqaga chiqqan va Jovanni Gonsales bilan kelishuvga erishilgan. 18 oktyabr (Toshkent vaqti bilan 19 oktyabr) kuni bo‘lib o‘tadigan jangda Elnurga aynan Jovanni raqiblik qiladi. Jang AQShning Kaliforniya shtati Indio shahrida joylashgan Fantasy Springs Casino​ saroyida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun Jovanni professional boksda 7 jang o‘tkazib, 5ta g‘alaba (5ta nokaut) va 2ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Elnur Abduraimov esa professional boksdagi debyut jangida amerikalik Aron Jamil Xollisni birinchi raunddayoq nokautga uchratib g‘alaba qozongan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Professional bokschimiz Elnur Abduraimov bugun ringga chiqadi