Eriksson Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi, Kuper unga yordam beradi

Eriksson Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi, Kuper unga yordam beradi
Shvetsiyalik mutaxassis Sven-Yoran Eriksson Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi qilib tayinlandi.

Mutaxassis mamlakat futbol federatsiyasi bilan 6 oylik shartnoma imzoladi. U terma jamoani Osiyo Kubogi 2019ga olib boradi. Shu paytgacha Filippinni vaqtinchalik boshqarib kelgan Skott Kuper unga yordamchilik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Erikssonning so‘nggi ish joyi Xitoy 1-ligasi vakili «Shenjen» klubi bo‘lgan edi.

Filippin terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichida Qirg‘iziston, Janubiy Koreya va Xitoy bilan bellashadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar